Krishtianu Ronaldu APL jamoasi bilan bir oylik shartnoma imzolashi mumkin

  • Mr.NoBoDy 31.03.2025 10:32
  • 60
  • 30

Al Nassr sardori Krishtianu Ronaldu yana APLga qaytishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchi klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etish uchun «Chelsi» yoki «Manchester Siti» bilan bir oylik shartnoma tuzishi mumkin. Bu haqida Sky Sport nashri xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, 40 yoshli futbolchi joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 ta gol va 3 ta golli uzatma bor. 

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 15 iyundan 13 iyulga qadar AQSHda o'tkaziladi.

Ўхшаш янгиликлар