Shavkat Yusupov: "Lokomotiv"da Superliga saviyasidagi o'yinchilar yig'ilgan"

  • Mr.NoBoDy 18.08.2025 20:16
  • 75
  • 30

Pro-liganing 12-turi doirasidagi "FarDU" – "Lokomotiv" (0:2) bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Shavkat Yusupov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun g'alabani tantana qilishni xohlagandik, afsuski, bunga erisholmadik. Stadion ochilishi munosabati bilan muxlislarga hujumkor o'yin namoyish etib bermoqchi edik. G'alaba orqali ularga yaxshi kayfiyat ulashmoqchi bo'ldik. Xatolarimiz tufayli raqib bizni jazoladi. Golli vaziyatlar bo'ldi, ammo undan foydalanolmadik", – dedi Yusupov.

- Nima deb o'ylaysiz, tajriba yutdimi yoki "Lokomotiv" g'alabani to'g'ri tanlangan taktika evaziga qo'lga kiritdimi?

- "Lokomotiv" jamoasida Superliga saviyasidagi o'yinchilar yig'ilgan. Jamoamiz futbolchilarining har biriga rahmat aytaman, ular borlarini berishdi. Endi keyingi o'yinlar uchun kuch yig'amiz va xatolardan to'g'ri xulosa chiqarishga harakat qilamiz. 

- Jamoangiz hujum chizig'i ko'rsatgan o'yinga qanday baho berasiz?

- Hujumda bir qator vaziyatlar yaratdik. Omad etishmadi. Qanotlar orqali yaxshi hujumlar uyushtirdik, ammo so'nggi zarbada oqsoqlanish kuzatildi.

- Sizni qoniqtirgan holat?

- Jamoamiz yigitlari gol urish uchun astoydil intilgani meni qoniqtirdi. Keyingi uchrashuvlarda ham shunday shasht bilan o'ynashlarini kutamiz.

-  Keyingi tur Nukusning "Aral" jamoasiga qarshi kechadi. Bu borada qanday fikrdasiz?

- "Aral" jamoasi turnir jadvalida 3-o'rinda ketmoqda. Ularning o'yiniga muxlislar ko'p kiradi. Ajiotaj bo'ladi. Xudo xohlasa, g'alabani ko'zlab safarga otlanamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar