"Juda og'ir o'yin bo'ldi. Yakka kurashlarni boy berdik, hisobda oldinda borayotgan paytimiz burchak zarbalaridan ikkita alamli gol o'tkazib yubordik. Bugungi uchrashuvni yakka kurashlarda yutqazganimiz uchun boy berdik".
- "Jayxun" jamoasining bugungi o'yinini qanday baholay olasiz?
- "Jayxun" yaxshi jamoa ekanligi ko'rinib turibdi. Haqiqiy futbol o'ynashga harakat qilyapti, pozicion hujumlar uyushtiryapti.
- "Jayxun"da tanaffusda birdaniga uchta o'zgarish amalga oshirildi. Bu o'zgarishlar o'yinga qay darajada tasir o'tkazdi?
- O'yinni aynan o'sha almashtirishlar o'zgartirdi demagan bo'lardim, o'zimiz kurashlarni boy berdik. Hozir bahonadek bo'lib qolishi mumkin, lekin 3 nafar futbolchimiz bugun safimizda yo'q edi. Ular U-17 va U-18 terma jamoalariga chaqirilgan. Bu ham o'yinga o'z tasirini o'tkazdi.