Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar beradi.
"Tottenxem" "Kristal Pelas"ga Eberechi Eze uchun 60 million funtdan ortiq, bonuslar qo'shib to'lashga tayyor ekanligini bildirdi. Shu tariqa, kelishuvning umumiy summasi taxminan 63 million funtga baholanmoqda.
O'yinchining o'zi allaqachon transferga rozilik bergan va klublar o'rtasidagi muzokaralar natijasini kutmoqda", – deb yozdi Galetti.
O'tgan mavsumda Eze APLda 34 o'yin o'tkazib, 8 gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.