Natija ortidagi og'riqlar. O'FA 2009 yillar borasida qaror qabul qiladigan vaqt kelmadimi?

  • Mr.NoBoDy 19.08.2025 13:16
  • 57
  • 30

Ayni paytda Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi Indoneziyadagi xalqaro turnirda ishtirok etmoqda.

Vakillarimiz kecha Tojikiston bilan kuch sinashishdi. Bu turnir nomi U-17 miqyosida o'tkazilayotgan bo'lsa-da, biz U-16 yosh toifasida ishtirok etmoqdamiz. Tojikiston biz uchun bu musobaqadagi uchinchi raqib edi. Avvalgi turlarda Mali va Indoneziyaga engilgan o'smirlar endi qo'shnilarimiz bilan durang o'ynashdi.

Hamma gap natijadami?

Natijalar tabiiyki befarq qoldirmayapti. Lekin kechirasiz, bu erda asosiy fokus natijaga qaratilayotgani yo'q. Gap butun boshli tizim va terma jamoaning buguni, ertasi haqida bormoqda, chunki bir necha oy aynan shu terma jamoamiz Toshkentda tashkil qilingan CAFA musobaqasi finalida Tojikistonga engilgandi, etmaganiga 2007 yillarimiz ham CAFAda qo'shnilarimizni yuta olishmagan. Xayriyatki bu yoshda qaror qabul qilindi, Jamoliddin Rahmatullaevga terma jamoa ishonib topshirildi. 2009 yillarimizni ham yo'qotmasdan qarorni o'zgartirish vaqti etib kelmadikin degan fikrlar uyg'ongan. Bunga esa asoslar quyida. 

Usmon Toshevdan qolgan meros

Yuqorida tizim haqida so'z ochdik. Usmon Toshev terma jamoalar bo'limiga masul bo'lgan vaqtdan buyon yosh toifalariga murabbiylarni tayinlashda qaysi principlarga asoslanganini bilmayman, chunki 2008 yillardan boshqa har bir terma jamoa 2-3 tadan murabbiy ko'rdi. 2006 yillar Server Jeparovdan so'ng Jamoliddin Rahmatullaevga, 2007 yillar Asker Xalmuratovdan so'ng Jamoliddin Rahmatullaevga berildi. Murabbiy o'zgartirish ayb emas uni shu yosh toifasiga to'g'ri tayinlamaslik xato. 2009 yillarni yani hozirgi Indoneziyadagi terma jamoadagi futbolchilarni Dilshod Nuralievdan yaxshi biladigan mutaxassis yo'q edi, amalda boshida ushbu mutaxassis terma jamoani shakllantirishni boshladi. Lekin Usmon Toshev Yaponiyani 5:1 hisobida taslim qilgan Nuralievning ishidan ko'ngli to'lmaganini aytib Kapadzening yaqin ko'makchisiga aylangan va bu yosh toifasidagilarda hali ko'nikmasi yo'q Sergey Chigodaevni tayinladi. Kapadzening "Olimpik" va OTJdagi murabbiylar shtabidagi asosiy quroli Chigodaev edi, chunki 2001-2002 yillarning aksariyati uning bolalari edi. Esingizda bo'lsa bundan 10 yillar oldin ham shunday xatoni qilgandik baxtimizga Ravshan Haydarovning tajribasi ish berdi. Nuralievning chempion 1996larini Evstafeev, Lushchan, Mo'minjonov va oxiri Haydarov qo'lga olgan, Yangi Zelandiyadagi mundialga olib borgandi. Oxirgi Olimpiadaga olib chiqib, nuqtani qo'yadigan yana boshqa murabbiy kelgan va biz Rioga emas, Toshkentga qaytgan edik.

Indoneziyadagi o'yinlar 

Turnirdagi so'nggi uchta o'yinda Mali va Indoneziya 17 yoshli futbolchilari bilan o'ynagan bo'lsa, qo'shnilarimiz biz kabi 16 yoshli futbolchilar bo'lgan. Ularga yana tishimiz o'tmadi. Osiyo chempionatiga roppa-rosa 1 yil vaqt qolgan. Qita turniri Saudiya Arabistonida issiq vaqtda yani may oyining o'rtasida tashkil qilinadi. O'smirlarimizning oxirgi uchrashuvlardagi natijalariga etibor qaratamiz.


Rossiya - O'zbekiston 3:1 

Janubiy Koreya - O'zbekiston 1:0

Xitoy - O'zbekiston 2:1

Yaponiya - O'zbekiston 3:1 

Odil Ahmedov - O'zbekiston 3:2 

"Paxtakor" - O'zbekiston 1:0 

Mali - O'zbekiston 5:1 

Indoneziya - O'zbekiston 2:0 

Tojikiston - O'zbekiston 3:3

8 ta mag'lubiyat 1 ta durang. Jamoa o'z yosh toifasidagi klublarni mag'lubiyatga uchrata olmayapti. Keyingi Olimpiya terma jamoasining negizi bo'lgan 2009 yillar avlodi bo'yicha darhol chora ko'radigan payti keldi. Terma jamoa klub emaski har kuni 24 soat birga bo'lishsa. O'FA terma jamoalar bo'limi esa turli yosh toifalariga murabbiy tayinlashda jiddiy yondashishi kerak.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar