"TalkSPORT" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" yarim himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida 21 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Qayd etish joizki, Uortonning o'zi klubini o'zgartirishni istamayapti va "oynachilar" safida qolmoqchi. Mutaxassislar ayni paytda yarim himoyachining transfer qiymatini 45 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Adam Uorton o'tgan mavsum "Kristal Pelas" safida Angliya chempionatida 20 o'yin o'tkazib, 2 ta golga assistentlik qilgan.