"Liverpul" himoyachisi jamoani tark etishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 19.08.2025 14:16
  • 57
  • 30

"Liverpul"ning greciyalik himoyachisi Kostas Cimikas barqaror o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirish ehtimoli bor.

Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, 29 yoshli futbolchi Milosh Kerkez va Endryu Robertsondan keyin uchinchi chap qanot himoyachisi hisoblanadi. Shu bois Cimikas yaqin vaqt ichida boshqa klubga ijaraga o'tishga tayyor. "Qizillar" murabbiylar shtabi ham himoyachini qo'yib yuborishga qarshi emas.

Eslatib o'tamiz, Cimikas o'tgan mavsum "Liverpul" tarkibida Angliya chempionatida 18 o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan va 2 marta sariq kartochka olgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar