"Chelsi" hujumchisi faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 19.08.2025 14:48
  • 66
  • 30

Londonning "Chelsi" jamoasi hujumchisi Nikolas Jekson yozgi transferlar oynasi tugaguniga qadar jamoasini o'zgartiradi.

Insayder Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, Birmingem klubi 24 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Senegallik o'yinchi yaqin orada "Chelsi"ni tark etishga tayyor. "Aston Villa" vakillari London jamoasi bilan transfer oynasi yopilguniga qadar kelishuvga erishishga umid qilmoqda. 

"Aston Villa"dan tashqari "Bavariya" ham Jekson bilan shartnoma imzolamoqchi. Mutaxassislar forvardning transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Nikolas Jekson o'tgan mavsum "Chelsi" tarkibida Angliya chempionatida 30 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar