Isko: "Betis" Antonini sotib olish uchun kraudfandingni ishga tushirishi kerak"

  • Mr.NoBoDy 31.03.2025 16:40
  • 69
  • 30

"Betis" yarim himoyachisi Isko ispan klubi vinger Antonini "Manchester Yunayted"dan qanday sotib olishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Biz Antonini sotib olish uchun kraudfanding kampaniyasini boshlashimiz kerak", – dedi Isko.

Kraudfanding – bu loyihani amalga oshirishdan manfaatdor bo'lgan odamlar loyihaga mablag' qo'shadigan moliyalashtirish usuli.

25 yoshli braziliyalikning ijara muddati joriy mavsum oxirigacha va uni sotib olish huquqi ko'zda tutilmagan. Braziliyalik futbolchi "Betis" uchun 12 o'yinda 4 ta gol urdi hamda 4 ta golga assistentlik qildi.

Ўхшаш янгиликлар