Angliya terma jamoasining sobiq sardori va "Manchester Yunayted" hujumchisi Londonda devorga hojat chiqarayotganini ko'rishdi.
Bu voqea Runi do'stlari bilan Londondagi ikkita barda tun o'tkazgan kechasi yuz berdi. Tungi voqealar, shu jumladan ushbu hodisa, telefonda suratga olingan.
Buyuk Britaniyada jamoat joylarida hojat chiqarish jinoyat hisoblanishi mumkin va bu jarima yoki hatto sud jarayoniga olib kelishi mumkin. Runi kameraga tushgan Vestminster shahar kengashi jamoat joyida hojat chiqarish uchun 1000 funt miqdorida jarima yozadi.
Biroq policiya "Plimut"ning sobiq murabbiyining hatti-harakatiga oid hech qanday shikoyat tushmaganligini malum qildi.
Bu birinchi holat emas – 2013 yilda Runi Manchesterdagi Dalton ko'chasida chiqindi qutisi yonida hojat chiqarayotgani suratga tushgan edi.