"Barselona" markaziy hujumchisi Pau Viktor yozgi transferlar davrida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Jurnalist Adrian Sanchesning ta’kidlashicha, 23 yoshli futbolchiga "Sevilya," "Valensiya" va "Jirona" klublari qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, "ko‘k-anorranglilar" Viktorning iste’dodini yuqori baholamoqda, shuning uchun uni ijaraga bermoqchi yoki o‘zlari uchun foydali shartlarda qayta sotib olish sharti bilan sotmoqchi.
Viktor bu mavsumda barcha musobaqalar bilan hisoblaganda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Hujumchining "Barselona" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini besh million yevroga baholamoqda.