"Roma" "Real"da porlayotgan yosh markaziy hujumchini olib kelmoqchi

  • Mr.NoBoDy29.06.2025 16:52
  • 24
  • 30

Madridning "Real" klubi hujumchisi Gonsalo Garsiyaga "Roma" qiziqish bildirmoqda.

21 yoshli futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining uchta o‘yinida yorqin o‘yin ko‘rsatib, ikkita gol va bitta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, umidli ispaniyalik futbolchini "Roma" nishonga olgan, shuningdek, futbolchi "Lids", "Sanderlend" va "Real Ovyedo" klublari qiziqishlar ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Gonsalo Garsiyaning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt talqiniga ko‘ra uning narxi 8 mln yevroni tashkil etadi. Hujumchi "qaymoqranglilar"ning asosiy jamoasi safida to‘qqizta o‘yinda uchta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar