Joze Mourinyo "Manchester Siti" futbolchisi bilan shartnoma imzolanishini istamoqda

  • Mr.NoBoDy29.06.2025 18:13
  • 15
  • 30

"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Manchester Siti"ning tajribali himoyachisi Kayl Uokerni taklif qilish orqali jamoani kuchaytirmoqchi. A Spor xabariga ko‘ra, mutaxassisning fikricha, angliyalik futbolchi uning o‘yin modeliga juda mos keladi.

Mourinyo Uokerni uch markaziy himoyachi sxemasida o‘ng qanotda o‘ynatishni, kerak bo‘lsa, uni yuqoriroqqa, o‘ng qanot vingeri pozisiyasiga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Uokerning "Siti" bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. 2017 yildagi transferidan beri u olti marta Premyer-ligada g‘olib chiqdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor narxi 4 mln yevroni tashkil etadi. Avvalroq, "Fenerbaxche" ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgani xabar qilingandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar