OAV ma’lumotiga ko‘ra, "Arsenal" "Ayntraxt"ning fransiyalik hujumchisi Ugo Ekitikeni o‘z safiga chorlamoqda.
Qayd etilishicha, londonliklar sport direktori Andrea Berta futbolchini short-listga kiritgan. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, ingliz grandi uchun hamon "Sporting" forvardi Viktor Dyokeresh va "RB Leypsig" hujumchisi Benyamin Sheshko ustuvor variant bo‘lib qolmoqda.
Ammo "Arsenal" futbolchilar narxini tushira olmasa va har qanday holatda ham yangi hujumchi uchun katta mablag‘ sarflashga to‘g‘ri kelsa, unda klub Ugo Ekitikedan foydalanishi mumkin. "Ayntraxt" bosslari futbolchi uchun kamida 100 mln yevro talab qilmoqda. Avvalroq, fransiyalik futbolchiga "Chelsi" va "MYU" klublari qiziqish bildirayotgan edi.