"Tottenxem"ning yosh himoyachisi klubni tark etishi mumkin

  • Mr.NoBoDy29.06.2025 23:13
  • 36
  • 30

Chempionship vakili "Sheffild Yunayted" "Tottenxem" futbolchisi Eshli Fillips xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Star nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, himoya chizig‘ini kuchaytirishga juda muhtoj bo‘lgan "Sheffild" futbolchi uchun 7 million yevro to‘lashga tayyor, chunki u "ulkan salohiyat"ga ega. 20 yoshli Fillips o‘tgan mavsumni "Stok Siti"da ijarada o‘tkazdi (35 o‘yin, 6 sariq kartochka), avvalroq esa "Plimut"da o‘ynagan.

Qayd etilishicha, "shporlar"ning yangi ustozi Tomas Frank futbolchining kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishdan oldin unga o‘zini ko‘rsatish imkonini berishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar