"Chelsi" Joao Pedro Jezus transferi bo‘yicha kelishib oldi.
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, londonliklar "Brayton" bilan forvardni 50 mln funtdan qimmatroqqa transfer qilishga kelishib olgan. 23 yoshli braziliyalik bilan 7 yillik shartnoma borasida kelishuv bor.
Hozirda Joao Pedroni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalasi hal qilinmoqda va u kerakli tekshiruvlardan o‘tgach, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan jamoaga qo‘shiladi.
Hujumchi APL-2024/25da 27ta o‘yin o‘tkazib, 10ta gol urdi va ikki sherigi bilan klub to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.