"Yuventus" Dushan Vlaxovich ketishga rozi bo‘lmasa, uni tarkibdan chiqarib yuborishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, 25 yoshli forvard 2026 yilgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomani oxirigacha ishlab, keyin erkin agent sifatida ketish va hozirgidek maosh olishga harakat qilmoqchi.
Serbiyalikning "Yuve" bilan shartnomasida 7,5 mln yevro ko‘rsatilgan bo‘lib, yillik maosh o‘sishi 2025/26 yilgi mavsumda 12 mln yevroga yetadi.
Qayd etilishicha, futbolchi va klub o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi emas va Vlaxovich yon bosishga tayyor emas. Yaqinlariga u bu yozda hech qayerga ketmoqchi emasligini tan oldi. Dushan allaqachon "Fenerbaxche" taklifini rad etgan va uni qiziqtiradigan boshqa variantlar hozircha yo‘q.
Vlaxovichning saqlab qolinishi jamoaga Jonatan Devidning kelishi va Randal Kolo-Muani ijara muddatini uzaytirishni qiyinlashtirishi mumkin. Ta’kidlanishicha, agar Vlaxovich murosaga kelmasa, klub futbolchini Federiko Kyeza bilan bo‘lgani kabi qaydnomadan chiqarib yuborishi mumkin.