Toshkentning "Paxtakor" klubi yetakchilari, hujumchi, Igor Sergeev va himoyachi Hojiakbar Alijonov Erondan bo‘layotgan katta takliflarga qaramay klubdan ketmaslik bo‘yicha qaror qabul qildi.
Futbolchilar jamoada kamida mavsum oxirigacha qolib, chempionlik uchun kurashda yordam berishni maqsad qilgan.
Hozirda "sherlar" 1-davra yakuniga ko‘ra Superligada 26 ochko bilan 6-o‘rinda. Peshqadam "Nasaf"da 33 ochko bor.