Yarim himoyachi Saul Niges Madridning "Atletiko" klubidan Rio-de-Janeyroning "Flamengo" klubiga o‘tadi.
Braziliya klubi 30 yoshli ispaniyalik futbolchi oilaviy sharoiti tufayli Turkiyaning "Trabzonspor" klubiga o‘tishdan bosh tortganidan keyin u bilan kelishuvga erishdi.
"Flamengo" Nigesga uch yillik shartnoma taklif qildi. Bitim tez orada rasmiylashtiriladi.
Saul o‘tgan mavsumda "Sevilya" safida ijarada o‘ynagan edi.