"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee qishki transferlar davrida Italiyaga qaytishi mumkin.
Niderlandiyalik futbolchi "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorimning rejalariga mos kelmayapti - futbolchi joriy mavsumda maydonda atigi 82 daqiqa o‘ynadi. "Transfer News Live"ning Corriere Como nashriga tayanib xabar berishicha, "Komo" 24 yoshli futbolchini yanvar oyidagi transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan.
Joshua Zirkze "Manchester Yunayted"ga 2024 yilning yozida Italiyaning "Bolonya" klubidan 42,5 mln yevro evaziga o‘tgandi. Hujumchining hozirgi narxi mashhur Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 30 mln yevroga baholanmoqda.