"Liverpul" klubi "Real"ning Konate bo‘yicha rejalarini barbod qilishga qat’iy bel bog‘lagan. Markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi va "qirollik klubi" fransiyalik futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishga umid qilmoqda. L’Equipe xabariga ko‘ra, "qizillar" rahbariyati futbolchini mehnat shartnomasini uzaytirishga ko‘ndira olishiga ishonmoqda. Taxminan ikki hafta oldin 26 yoshli markaziy himoyachiga yangi taklif yuborildi.
O‘tgan yozda "Real" "Liverpul" bilan shartnomasi yakunlanayotgan Trent Aleksandr-Arnoldni qo‘lga kirita oldi.
Ibraima Konate 2021 yildan beri mersisaydliklar sharafini himoya qilmoqda.