iks
ads


"Chelsi" "Real"ga Enso Fernandesning sotilish shartini ma’lum qildi

  • Mr.NoBoDy01.10.2025 12:26
  • 42
  • 30

"Chelsi" yarim himoyachi Enso Fernandesni faqat ma’lum bir shart bilan sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.

Argentinalik futbolchini anchadan beri Madridning "Real" klubiga o‘tishi bilan bog‘lab kelishmoqda. Yozda transfer oynasi ochilganida ham aniqlik kiritilmadi, biroq "qaymoqranglilar" xavbekka qiziqishda davom etmoqda. TEAMtalk xabariga ko‘ra, "Chelsi" kelajakda "Real"ning Fernandes bo‘yicha taklifini ko‘rib chiqadi, agar ispan grandi 121 mln yevrodan ko‘proq to‘lashga rozi bo‘lsa - aynan shuncha summaga "ko‘klar" 2023 yil boshida "Benfika"dan jahon chempionini sotib olgandi.

Transfermarkt portali Enso Fernandesning narxini 75 mln yevroga baholamoqda. 24 yoshli futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar