iks
ads


Deku Ferminning "Chelsi"ga transferi haqida fikr bildirdi

  • Mr.NoBoDy01.10.2025 14:52
  • 15
  • 30

"Barselona" sport direktori Deku yozda Fermin Lopesni sotib olmoqchi bo‘lgan "Chelsi" taklifi haqida gapirdi.

"Biz Ferminni sotmoqchi emasdik, bu shundoq ham tushunarli. Ferminni sotish jamoaning zaiflashishini anglatardi. Bu faqat Fermin klubni tark etishimizni so‘ragan taqdirdagina amalga oshishi mumkin edi, ammo bunday bo‘lmadi. Shuning uchun uning qolganidan juda xursandmiz," - dedi Deku Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Fermin Lopes "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda 22 yoshli ispaniyalik barcha musobaqalarda beshta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi.

Lopesning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar