Premyer-liga gigantlari - "Liverpul" va "Manchester Siti" vinger Maykl Olisega qiziqish bildirmoqda. Fransiyalik futbolchi avvalroq tumanli Albionda "Kristal Pelas" uchun o‘ynagan bo‘lsa-da, 2024 yil iyulidan beri u "Bavariya" safida to‘p tepmoqda.
Angliyadan Olisega bo‘lgan qiziqish fonida "Bavariya" rahbariyati 23 yoshli o‘yinchini yangi shartnoma bilan taqdirlashga qaror qildi. Myunxenliklar Maykl bilan mehnat shartnomasini uzaytirish ustida ish olib borayotgani haqida Bild nashrida ma’lumot berilgan.
Maykl Olise "Bavariya" uchun jami 64 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va 29 ta golli uzatma bajargan.