FIFA rasmiy sahifasi #MilliyJamoa va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovni FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatidagi debyuti bilan tabriklab, oʻzbekistonlik futbolchi tarix yozishda davom etayotganini e‘tirof etdi.
FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻynagan ilk oʻzbekistonlik futbolchi, deyilgan xabarda.
Ma‘lumot uchun, “Manchester Siti”ning musobaqadagi keyingi uchrashuvi 27-iyun kuni “Yuventus”ga qarshi boʻlib oʻtadi.