Ali Alipur 43-daqiqada gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Mehmonlar o'yinchisi ikkinchi bo'limning boshida, aniqrog'i 47-daqiqada Muhammad Rizo Sulaymoni raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni tenglashtirdi.
"Persepolis" safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov tanaffusdan so'ng o'yinga qo'shildi. "Fulad" safida O'tkir Yusupov jarohati sabab o'yinni o'tkazib yubordi.