iks
ads

Shavkat Mirziyoev Janni Infantinoga “Do'stlik” ordenini topshirdi

  • Mr.NoBoDy 08.09.2025 20:48
  • 5949
  • 30

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 sentyabr kuni Xalqaro futbol associaciyalari federaciyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qildi.

Suhbat avvalida FIFA prezidenti O'zbekiston etakchisi va xalqini tarixiy voqea – milliy terma jamoamiz 2026 yilda AQSHda bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionatining final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgani bilan yana bir bor samimiy tabrikladi. Ushbu haqli yutuq mamlakatimizda olib borilayotgan samarali islohotlar, sportni rivojlantirishga qaratilayotgan etibor va har tomonlama ko'makning amaliy natijasi ekani takidlandi.

O'zbekistonning ushbu nufuzli xalqaro tuzilma bilan, eng avvalo, futbolni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish, yosh istedodlarni yuzaga chiqarishga ko'maklashish, murabbiylar, hakamlar, menejerlar, sport shifokorlari va texnik mutaxassislarni xalqaro darajada tayyorlash borasidagi sermahsul hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Futbolni, birinchi navbatda, yoshlar o'rtasida ommalashtirish bo'yicha qo'shma dasturlarni amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

FIFAning texnik ko'magida zamonaviy Milliy futbol markazi, shu jumladan, innovacion echimlarni joriy etgan holda raqamli futbol bo'yicha situacion markaz tashkil etildi.

O'tgan yili mamlakatimizda futzal bo'yicha jahon chempionati muvaffaqiyatli o'tkazildi.

O'zbekistonda FIFAning yirik musobaqalari va tadbirlarini tashkil etishga alohida etibor qaratildi.

Toshkent shahrida FIFAning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy ofisini ochish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida O'zbekiston Prezidenti o'zbek futbolini rivojlantirish va xalqaro maydonda ilgari surishga qo'shgan shaxsiy hissasi uchun FIFA rahbari Janni Infantinoga davlatimizning yuksak mukofoti – “Do'stlik” ordenini topshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar