iks
ads

Akmal Rustamov: "Qo'qon shamoli? Bunday ob-havoda har ikkala jamoa o'ynadi"

  • Mr.NoBoDy 14.09.2025 03:16
  • 1878
  • 30

"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov Superliga 21-tur doirasidagi "Qizilqum" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Tanaffusdan foydalanib uchta o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazgandik. "Qo'qon-1912"ni o'rganib chiqqandik, ammo bugun ularning o'yinlariga moslashib qoldik. Yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. O'yinni ko'rib chiqib, tahlil qilamiz. Yigitlarga rahmat aytaman", — deya so'z boshladi Rustamov.


— Ikkinchi bo'limda qiziq holat bo'ldi. Jamoangizing 5-raqamli o'yinchisi Dilshod Komilovni zaxiraga olmoqchi bo'ldingiz, ammo u xohlamadi. Jamoaning ichki muhiti yaxshi emasmi?

— Jamoada hammasi yaxshi, barchasi rejamiz bo'yicha ketmoqda. U maydonda meni tushunmadi, bu vaziyatni o'rganamiz.


— Bugungi Qo'qon shamoli "Qizilqum"ga qanchalik qarshilik ko'rsatdi?

— Bu ob-havoda "Qo'qon-1912" ham, "Qizilqum" ham o'ynadi. Vaziyatlardan foydalanganimizning barchasi boshqacha bo'lardi. Ob-havoni ayblamaslik kerak. Ushbu o'yinni tahlil qilib, "Nasaf"ga qarshi tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz.


— "Qizilqum" ayniqsa ikkinchi bo'limda juda ham hujumkor harakat qildi. Navoiy jamoasi bunga qadar 9 ta o'yindan beri mag'lub bo'lmay kelayotgandi va bu rekord yangilanishi mumkinligi bo'yicha xabarlar tarqalgandi. Ammo, jamoa oldingi o'yinlarga nisbatan juda bo'sh ko'rindi.

— Futbolchilarimga yana bir bor rahmat aytaman. Ular borlarini berishdi. Ehtimol shamol, ehtimol ob-havo tasir qilgandir. Bu o'yinni tahlil qilganimizdan so'ng aniq bo'ladi.

Ўхшаш янгиликлар