"Ko'plab muhim o'yinchilar ketdi, shuning uchun yangi kelganlar farqni ko'rsatishlari kerak, menga o'xshab bu erda bir necha yildan beri o'ynab kelayotganlar ko'proq masuliyatni o'z zimmalariga olishlari kerak. Men jamoani o'z ortimdan ergashtirishim, yangi kelganlarga imkon qadar tezroq moslashishga yordam berishim kerak, chunki yangi mamlakatga kelib, darhol o'ynash oson emas. Biz bir-birimizga yordam berishimiz kerak", - dedi Xoland
"Manchester Siti" mavsum startida 3 o'yinda 3 ochko jamg'arib, Angliya chempionati turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda.
Xoland 2022 yildan beri "shaharliklar" safida o'ynab kelmoqda. 25 yoshli norvegiyalik futbolchi jamoa safida barcha musobaqalarda 149 ta o'yinda maydonga tushib, 127 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.