Tomas Myuller "Vankuver" safida xet-trik qayd etdi.
Xavbek MLS muntazam chempionatida "Filadelfiya"ga uchta gol urdi (7:0). O‘yin 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi, o‘sha kuni Myuller 36 yoshni qarshi oldi.
Tomas 2018 yildan beri birinchi marta bitta o‘yinda uchta gol urdi.
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi avgust oyi boshida erkin agent sifatida "Vankuver"ga o‘tgan edi. U yangi klubida 3 ta o‘yinda 4 ta gol urgan.