iks
ads

Kanselu: "Barselona"ni yaxshi ko'raman"

  • Mr.NoBoDy 14.09.2025 14:08
  • 1552
  • 30

Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi portugaliyalik himoyachisi Joau Kanselu "Barselona"ga bo'lgan muhabbati haqida fikr bildirdi.

Futbolchi 2023/24 yilgi mavsumda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan.

"Barcha biladi, men "Barselona" muxlisiman, "Barselona"ni yaxshi ko'raman, bu klubni yaxshi ko'raman, u erda vaqt o'tkazish menga juda yoqqan. Mening qalbim "Barselona" bilan va ular o'tgan mavsumda ko'plab titullarni qo'lga kiritganidan baxtiyorman", - dedi Kanselu.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" o'tgan mavsumda Ispaniya chempioni bo'ldi, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi. Xans-Diter Flik shogirdlari Chempionlar Ligasida yarim finalga qadar etib bordi va "Inter"ga mag'lub bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar