Pyanich: "Abbos Fayzullaev "Barselona"ga o'tishni istasa, o'z orzusiga ishonishi va u tomon intilishi lozim"

  • Mr.NoBoDy 04.04.2025 15:16
  • 114
  • 30

Ilgari "Barselona" safida o'ynagan CSKA yarim himoyachisi Miralem Pyanich "armiyachilar"ning o'zbekistonlik azosi Abbos Fayzullaevning Kataloniya klubiga o'tish orzusi haqida fikr bildirdi.

- Siz "Barselona"da to'p tepgansiz. Sizningcha, Fayzullaevda vaqti kelib bu klubga o'tib, o'z orzusini ro'yobga chiqarish imkoniyati bormi?

- Abbosda futbol fazilatlarining butun bir to'plami mavjud. U hali yana bir necha qadam oldinga siljishi kerak, lekin keling, u ayni paytning o'zidayoq nimaga erishganini qaraylik. U qaerdan boshlagan va bunday yoshida nimalarga erishdi. Fayzullaev muntazam ravishda o'sib bormoqda, uning dunyoqarashi keng, futbolni sevadi va o'yindan zavq oladi. Agar u "Barselona"ga o'tishni istasa, demak, o'z orzusiga ishonishi va u tomon intilishi lozim. Yo'l juda murakkab va uzoq, biroq undan aslo chetga chiqmaslik va suratni pasaytirmaslik kerak. Har kuni astoydil mehnat qilish, mashq qilish va butun kuch bilan o'ynash, har jihatdan yaxshiroq bo'lishga intilish zarur. Boshqa yo'l yo'q. Muhimi, o'ziga cheklov qo'ymaslik, aksincha, har qanday vazifani uddalay olishiga ishonishi kerak. Abbosni porloq kelajak kutayotganiga shubha qilmayman.

Avvalroq Fayzullaevning "Benfika"ga transferi barbod bo'lgani malum bo'lgan edi.

Ўхшаш янгиликлар