"Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasining 30 yoshli yarim himoyachisi APLning ikkita o'yinida (g'alaba va durang) ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Brunu so'rovnomada Jan-Rikner Bellgard ("Vulverxempton") ,Entoni Elanga, Nikola Milenkovich (ikkisi – "Nottingem Forest"), Deklan Rays ("Arsenal") va Yan Pol van Xekke ("Brayton")ni ortda qoldirdi.
Fernandesh faoliyatida 5-marta APLda oyning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovrinni qo'lga kiritdi. U avvalgi to'rtta mukofotni 2020 yilda – fevral, iyun, noyabr va dekabrda olgan.
Brunu Ueyn Runi va Robin van Persining yutug'ini takrorladi – bu tarixdagi uchinchi natija. Faqat Serxio Aguero, Harri Keyn va Muhammad Saloh ko'proq sovrinni qo'lga kiritgan (ularning har birida ettitadan).