German Tkachenko "Benfika" bu transferni xohlamayotgani haqida aytgan edi.
"Tkachenko nima uchun bu haqda oshkora gapiryapti? Agar u shunday deyotgan bo'lsa, demak, bu rost. German – agentlik faoliyatida katta mutaxassis. Rusofobiya haqida gapirish o'rinsiz, chunki Abbosning "Benfika"ga mos kelishini tasavvur qilolmayman.
"Benfika" faqat bir tamoyil asosida ishlaydi – sport manfaati va boshqa hech narsa. Ruy Koshta bilan sobiq murabbiy Shmidt o'rtasida ixtiloflar bo'lgan. Portugaliyada rusofobiya yo'q va bu muhim. Koshtaning Rossiyadan ko'plab do'stlari bor, masala sport bilan bog'liq edi", – dedi Barboza.