Angliya Kubogi yarim finalining taqvimi tasdiqlandi. "Manchester Siti" uchrashuvi qaysi vaqtda boshlanadi?

  • Mr.NoBoDy 04.04.2025 19:56
  • 114
  • 30

Angliya Kubogi yarim final uchrashuvlarining boshlanish vaqti malum qilindi.

26 aprel kuni "Kristal Pelas" va "Aston Villa" (Toshkent vaqti bilan 21:15), ertasi kuni "Nottingem Forest" va "Manchester Siti" (Toshkent vaqti bilan 20:30) o'ynaydi. Har ikki o'yin Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.

Yarim final g'olibi 1 mln funt sterling, mag'lub bo'lgan esa 500 ming funt sterling mukofot puliga ega bo'ladi.

Turnir finali 17 may kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ўхшаш янгиликлар