Fakt. "Qizilqum" "Bunyodkor" uchun noqulay raqib

  • Mr.NoBoDy 12.04.2025 11:56
  • 126
  • 30

Shunday jamoalar bo'ladiki bir ikkinchisiga chaqilmas yong'oq vazifasini yaxshi bajaradi.

Bugun Superliganing 5-turida "Bunyodkor" va "Qizilqum" jamoalarining qarama-qarshiligi o'rin olgan. Jamoalar uchun mavsum turlicha boshlandi. "Qaldirg'ochlar"da barqarorlik hukmronlik qilayotgan bo'lsa, navoiyliklar hozircha boshsiz chavandoz maqomidalar. Shunday bo'sada, "Qizilqum" raqibi uchun so'nggi yillardagi eng noqulay raqib bo'lib kelmoqda. 

"Bunyodkor" bu jamoani so'nggi bor 2021 yil Shuhrat Maqsudov bosh murabbiyligida mag'lub etishni uddasidan chiqqan. Keyingi 6 ta o'yinning 5 tasida "Qizilqum" 3 ochkoga ega chiqqan, 1ta bahsda durang natija qayd etilgan. O'tgan mavsumda ikki bellashuvda ham poytaxt klubi imkoniyatni boy bergan.


04.11.2021. "Bunyodkor" - "Qizilqum" 1:0

10.03.2022. "Qizilqum" - "Bunyodkor" 3:1

10.08.2022. "Bunyodkor" - "Qizilqum" 1:2

30.06.2023. "Qizilqum" - "Bunyodkor" 2:0

02.03.2024. "Bunyodkor" - "Qizilqum" 1:3

02.08.2024. "Qizilqum" - "Bunyodkor" 1:0

Ўхшаш янгиликлар