iks
ads

Fede Valverde kechagi o'yindan keyingi ayblovlarga javob berdi: "Suyagim singan holatlarda ham o'ynaganman. Bu ayblovlar meni xafa qildi"

  • Mr.NoBoDy 01.10.2025 20:32
  • 585
  • 30

"Real Madrid" klubi kecha ECHL umumiy bosqichi doirasida "Qayrat"ga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g'alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvda Federiko Valverde zaxirada qoldi. Bu holatdan so'ng turli nashrlar futbolchining qanotda o'ynashni istamagani va shu sababli maydonga tushishdan bosh tortgani haqida yozdi. Federikoning o'zi esa bu ayblovlarga javob qaytardi.

"Men obro'yimga putur etkazadigan bir qancha maqolalarni o'qidim. Yomon o'yin ko'rsatganimni bilaman va buning farqidaman. Buni yashirmayman, tanqidga to'g'ridan-to'g'ri yuzlanaman. Haqiqatan ham bu meni xafa qildi.

Odamlar men haqimda ko'p narsalar aytishlari mumkin, lekin hech qachon men o'ynashdan bosh tortadi deya olmaydilar. Men bu klub uchun bor kuch-g'ayratimni sarfladim, suyagim singan, jarohatlanganim holda o'ynadim va hech qachon shikoyat qilmadim yoki dam olishni so'ramadim.

Murabbiy bilan yaxshi munosabatdaman, shuning uchun maydonda qaysi poziciyada o'ynashni afzal ko'rishimni aytishga etarlicha ishonchim bor, ammo har doim istalgan joyda, har qanday safarda va har bir o'yinda o'ynashga tayyor ekanligimni aniq-ravshan aytganman.

Men bu klubga butun qalbim va vujudimni baxshida etdim va shunday davom etaman, hatto bazida bu etarli bo'lmasa yoki o'zim xohlagandek o'ynamayotgan bo'lsam ham.

O'z g'ururim bilan qasam ichamanki, hech qachon taslim bo'lmayman va oxirigacha kurashaman, qaerda kerak bo'lsam, o'sha erda o'ynayman"

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar