iks
ads

Qozog'istonlik tadbirkor "Real"dan beshta gol o'tkazgan "Qayrat"ning 18 yoshli darvozaboniga mashina sovg'a qildi

  • Mr.NoBoDy 01.10.2025 23:48
  • 4549
  • 30

"Real"ga qarshi darvozada turgan yosh posbonga mashina sovg'a qilindi.

"Qayrat" darvozaboni Sherxan Kalmurza "Real" bilan o'yindan keyin avtomobilni sovg'a tariqasida qabul qildi. Qozog'iston klubi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida o'z maydonida madridliklarga 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Mezbonlar darvozasini 18 yoshli darvozabon himoya qildi.

Forbes ro'yxatidagi 30 yoshgacha bo'lgan tadbirkor Ulug'bek Sharipov o'yinchiga Xitoyning Exeed rusumli avtomobilini sovg'a qildi.

"Bu kichkina sovg'a. Sen ajoyib ish qilding, bizga ko'p his-tuyg'ularni baxsh etding. Eng muhimi - to'xtab qolma," dedi Sharipov.

Kalmurza instagramda ushbu lahzaning videosini joylashtirdi va shunday deb yozdi: "Haqiqiy inson, hurmatga sazovor. Yana bir bor katta rahmat."

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar