"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem muxlislar ovozi asosida mukofotga sazovor bo'ldi. "Arsenal"dan Deklan Rays ikkinchi, "Bavariya"dan Harri Keyn uchinchi o'rinni egalladi.
Ushbu mukofot Angliya terma jamoasidagi o'yinlar uchun beriladi. Bellingem o'tgan mavsumda milliy jamoa safida 8 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan edi.