iks
ads

"Al Ahli" ustozi: "Durangdan qoniqmadik, ammo natija adolatli bo'ldi. Bu kabi atmosferani mahalliy chempionatda doim ham ko'ravermaymiz"

  • Mr.NoBoDy 01.10.2025 21:56
  • 1204
  • 30

OCHL 2 musobaqasi 2-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Al Ahli" (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida qatarliklar ustozi Igor Bishan ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Biz g'alaba qozonmoqchi edim, oxirigacha kurashdik. "Andijon"ga qoyil, ular yaxshi himoyalanishdi, juda tartibli o'yin ko'rsatishdi. Bir ochkodan qoniqmadik, ammo bu adolatli natijalar bo'ldi. Ikki jamoada ham imkoniyatlar bo'ldi, o'yin oxirida to'liq ustunlikka ega bo'ldik. Albatta, maydon holati bizning o'yinga mos emas edi. Pas bilan o'ynashda qiyinchiliklar yuzaga keldi. Bu natijani qabul qilishimiz kerak, uydagi uchrashuvlarda g'alaba qozonishimiz lozim. Muxlislarga qoyil, ular ajoyib atmosfera hosil qilishdi. Ikki jamoa ham ochkoga munosib edi. 

- Yulian Draksler boshlang'ich tarkibda maydonga tushmadi, buning sababi nima bo'ldi?

- Buning sababi u ligadagi oxirgi o'yindan keyin biroz muammoga duch keldi. Futbolchining sog'lig'i muhim bo'lgani sababli biz tavakkal qilishni xohlamadik. Shuning uchun Draksler zaxirada qoldi. 

- "Andijon" muxlislari haqida fikringiz qanday?

- Juda ajoyib. Buni kecha ham aytdim. Bizni bu shaharda ajoyib ketib olishdi. Raqib jamoaga bunday mehmondo'stlik uchun minnatdorchilik bildiramiz. Uchrashuvda ham andijonlik muxlislar ajoyib muhim yaratib berishdi. Biz bu kabi holatni o'z chempionatimizda ko'p ham ko'ravermaymiz. Shunday ekan bu biz uchun zo'r o'zgarish bo'ldi. Qoyil deb qolaman. 

- Bugun zaxiradan maydonga tushirgan o'yinchilaringiz uchrashuvni qanchalik o'zgartira olishdi?

- Yulian uchrashuvga qo'shilganda u jamoa o'yinini o'zgartirib yubordi. Boshqa o'yinchilar esa unchalik ham ko'p vaqtga ega bo'lishmadi. Ikkinchi bo'lim biz o'yinni boshqardik. Bir ochkoga rozi bo'lmasak ham buni qabul qilishimiz lozim. Bazida juda ko'p hujum qilib, raqibga bo'sh hudud qoldiriladi va bundan pand eyish mumkin. Shu nuqtai nazardan qaralsa, ochko olganimiz ham yomon natija emas aslida. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar