iks
ads

Maksim Shackix: "Futbolchilar charchab qolgani sezilib turdi"

  • Mr.NoBoDy 05.10.2025 21:08
  • 641
  • 30

Superliga 24-tur doirasidagi "Neftchi" - "Andijon" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin haqida hech nima demayman. Futbolchilar charchab qolgani sezilib turdi. Bunday qisqa vaqt ichida beshta o'yinda ishtirok etdik. O'yindan so'ng yigitlarga rahmat aytdim. Sababi ular qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Taqvim esa juda zich. Raqib ham ancha jiddiy va kuchli tarkibga ega jamoa edi. Oldinda tanaffus bor. Bizda o'zimizga kelib olish uchun vaqt bo'ladi", - dedi Maksim Shackix mag'lubiyatdan so'ng.

- Birinchi golga kim javobgar? Darvozabonmi?

- Darvozabonni ayblamagan bo'lardim. To'g'ri, yaqin burchak, ammo zarba ham kutilmagan edi. Vaziyat takrorini ko'rib chiqamiz va bir xulosaga kelamiz. Men darvozani aybdor demayman.

- Superliga tugab bormoqda. Musobaqa jadvalining quyi o'rinlaridan joy olgan jamoalar ham jonlanib qolishdi. "Andijon" Superligadagi o'rnini saqlab qola oladimi?

- Dekabrda bilib olamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar