"Istiqlol" safida himoyachi Rustam Ashurmatov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi. Yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov esa jarohati sabab bahsni o'tkazib yubordi.
O'yinda 70-daqiqada mezbonlar Xadi Habibinajodning goli bilan hisobni ochdi. 72-daqiqada esa mehmonlar o'yinchisi Munir El Haddadi hisobni tenglashtirdi.