Afrikada JCH-2026 saralash bosqichi "C" guruhidan JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoa aniq bo‘ldi. Bu — Janubiy Afrika Respublikasi.
So‘nggi tur oldidan ushbu guruhda Benin yetakchi bo‘lib turgandi. 3-o‘rindagi Nigeriya o‘z maydonida Beninni qabul qildi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada bu jamoalarning ochkolari 17 taga yetdi. 15 ochko to‘plab turgan JAR esa bugun Ruandani 3:0 hisobida mag‘lub etdi hamda 18 ochko bilan guruh g‘olibiga aylandi.
Mundialda ishtirok etadigan jamoalar soni 23 taga yetdi:
1. AQSH (mezbon)
2. Meksika (mezbon)
3. Kanada (mezbon)
4. Yaponiya
5. Yangi Zelandiya
6. Eron
7. Argentina
8. O‘zbekiston (debyut)
9. Janubiy Koreya
10. Iordaniya (debyut)
11. Avstraliya
12. Braziliya
13. Ekvador
14. Urugvay
15. Kolumbiya
16. Paragvay
17. Marokash
18. Tunis
19. Misr
20. Jazoir
21. Gana
22. Kabo-Verde (debyut)
23. Janubiy Afrika Respublikasi