Florian Plettenbergning xabar berishicha, milanliklar "Frayburg"ning 23 yoshli posboni Noa Atuboluga qiziqish bildirgan.
"Inter" kelishuv shartlarini o'rganmoqda va bu bitim kelasi yozda amalga oshishi mumkin. Tomonlar o'rtasida uchrashuvlar va muzokaralar rejalashtirilgan.
Atuboluning "Frayburg" bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Trener Yulian Nagelsmann Noani Germaniya terma jamoasiga ham chaqirgan.
Eslatib o'tamiz, darvozabon ketma-ket beshta penaltini qaytargan — bu Germaniya chempionatlari tarixi uchun rekord hisoblanadi.