"Arsenal" yoki MYU Gyokereshni sotib oladi. "Sporting" narx masalasida yon berishga tayyor

  • Mr.NoBoDy 06.04.2025 14:32
  • 96
  • 30

"The Sun" nashrining xabar berishicha, "Sporting" hujumchi Viktor Gyokereshni minnatdorlik ramzi sifatida sezilarli darajada arzon narxda sotishga shay holatda.

Joriy mavsum barcha musobaqalarda 43 o'yinda 43 ta gol urgan 26 yoshli shveciyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" singari klublar qiziqish bildirmoqda. Gyokereshning  "Sporting" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi va uning tovon puli 85 mln funtni tashkil etadi. Biroq u qishki transfer oynasida qolishga qaror qilgan klubga sodiqligini hisobga olib, "Sporting" uni 55-70 million funt oralig'idagi summaga sotishga tayyor.

Malum bo'lishicha, Gyokeresh "Arsenal"ga o'tishni afzal ko'rmoqda, chunki u Chempionlar Ligasida o'ynashni davom ettirmoqchi. Shu bilan birga, "Manchester Yunayted" Evropa Ligasida g'alaba qozonib, bu musobaqaga chiqishi mumkin, biroq shveciyalik futbolchi jamoaning hozirgi holatiga ishonchsizlik bilan qaramoqda.

Bundan tashqari, Andrea Berta "Arsenal"ning sport direktori etib tayinlanganidan so'ng Gyokereshga bo'lgan qiziqish yanada ortdi. London klubi Kay Xaverc va Gabriel Jezusning jarohatlanganidan keyin hujum chizig'ini kuchaytirish zaruriyatini his qilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар