Klub argentinalik yarim himoyachini jamoaning asosiy bo'lagi deb biladi va murabbiy ham unga ishonadi. Shuning uchun Mareska ungi yangi mavsum jamoasida ko'rmoqda. Fernandesning o'zi ham "Chelsi"ga top-4 likdan joy olish va Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishga yordam bermoqchi.
24 yoshli Enco ushbu mavsum 36 o'yinda 6 ta gol urdi hamda 9 ta assistni amalga oshirdi. 3 aprel kungi "London derbisi"da u "Tottenxem" darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga g'alaba keltirdi.