iks
ads

Kelajak yulduzlari. The Guardian nashri o'zbekistonlik futbolchini 60 nafar eng iqtidorli o'yinchilar ro'yxatiga kiritdi

  • Mr.NoBoDy 15.10.2025 14:24
  • 488
  • 30

The Guardian 2008 yilda tug'ilgan eng istedodli 60 futbolchilar nomini elon qildi.

Ushbu 60 iqtidor orasida "Barselona", "Ayaks", "Portu", "Benfika", "Borussiya" Dortmund kabi jahonning yirik klublari futbolchilari bor. Etiborlisi, ushbu ro'yxatga o'zbekistonlik iqtidor - Sadriddin Hasanov ham kiritilgan. 2008 yilning 21 mayida tug'ilgan "Bunyodkor" vakili haqida nashr quyidagicha izoh bergan:


O'zbekiston Saudiya Arabistoniga qarshi U-17 Osiyo Kubogi finalida 0:0 hisobida teng o'ynayotgandi, ammo ikki qizil kartochkadan so'ng maydonda to'qqiz kishi bo'lib qolishdi. Katta sahnaga Xasanov chiqdi. Uning individual goli jamoaga 2:0 hisobida g'alaba qozonishga yordam berdi. Turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Xasanov umumiy hisobda 4 ta gol kiritdi.

Chap qanotdan markazga o'tib hujum qilishni yoqtiradi, tez, jismonan baquvvat va gol hissini yaxshi his qiladigan futbolchi g'oliblar ruhiga ega. Unga allaqachon Turkiya klublari qiziish bildirmoqda, ammo yaqin vaqt ichida boshqa variantlar ham paydo bo'lishi mumkin — ayniqsa, agar u OFKning "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" mukofotiga sazovor bo'lsa.



Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar