iks
ads

"Manchester Siti" to'q yashil tusdagi yangi formasini taqdim etdi, unda NFC chipi mavjud

  • Mr.NoBoDy 15.10.2025 15:40
  • 393
  • 30

"Manchester Siti" 2025/26 mavsumi uchun yangi formasini namoyish etdi.

Futbolka klub emblemasi joylashgan qismida o'rnatilgan NFC-chip bilan taminlangan. Muxlislar smartfonlarini chipga yaqinlashtirish orqali EA SPORTS FC 26 futbol simulyatori va "Manchester Siti", PUMA hamda EA SPORTS FC tomonidan taqdim etiladigan eksklyuziv kontent va "qo'shimcha syurprizlar"ga ega bo'lishadi.

To'q yashil rangdagi forma biryuza va kumush rangli uchburchak naqshlar bilan bezatilgan, yelka qismi och yashil tusda.

Bu to'plam erkaklar jamoasi tomonidan ayrim Chempionlar Ligasi safar uchrashuvlarida, jumladan 21 oktyabrdagi "Vilyarreal"ga qarshi o'yindan boshlab, hamda ayollar jamoasi tomonidan milliy musobaqalardagi ayrim o'yinlarda ishlatiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar