FIFA prezidenti Falastinda futbol infratuzilmasini tiklashga va’da berdi.
Dushanba kuni Janni Infantino Misrda bo‘lib o‘tgan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rasmiy kelishuvga bag‘ishlangan sammitda ishtirok etdi.
"FIFA uchun haqiqatan ham bu yerda bo‘lish, qo‘llab-quvvatlash, yordam berish va ushbu tinch jarayon muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch hosil qilish juda muhimdir.
Futbolning vazifasi qo‘llab-quvvatlash, birlashtirish, umid baxsh etishdan iborat bo‘lishi kerak. Biz Falastin futbol assosiasiyasi bilan vijdonan G‘azodagi barcha futbol obektlarini tiklashga yordam beramiz, futbolni qaytaramiz va futbol yordamida bolalar uchun imkoniyatlar yaratamiz," - dedi Infantino.