Kevin De Bryuynega Saudiya Arabistonidan yana bir variant paydo bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 06.04.2025 15:32
  • 93
  • 30

Kevin De Bryuyne "Manchester Siti"dan so'ng faoliyatini qaerda davom ettirmoqchi ekani malum qilindi.

Saudiya Arabistoni chempionati klublari "shaharliklar"ning hujumkor yarim himoyachisi Kevin De Bryuynega jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"GiveMeSport" malumotlariga ko'ra, ikkinchi diviziondagi "Neom" klubidan tashqari futbolchiga "Al Qodisiya" tomonidan qiziqish bo'lyapti. Shuningdek, u Evropa klublari va Amerikaning "San-Diego" jamoasidan takliflar olgan. 

Avvalroq De Bryuyne mavsum oxirida "Manchester Siti"ni tark etishini elon qilgandi. U joriy mavsum 30 o'yinda 4 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi.

Ўхшаш янгиликлар